
Novella
•2026
So'ngi iblis
10
SO‘NG‘GI IBLIS
Dunyo hali yaratilmagan paytda boshlangan qadimiy sir…
O‘n olti irq bir dunyoda tinch-totuv yashar edi. Ammo bir bashorat hammasini o‘zgartirdi.
Elflarning qadimiy bashoratiga ko‘ra, hali tug‘ilmagan bir bola butun dunyoning taqdirini hal qilishi kerak edi. U najotkor bo‘ladimi… yoki dunyoning yakuniga sabab bo‘ladimi?
Iblislar qiroli Auron va draganoidlar malikasi Zendayaning farzandi — Yuko tug‘ilmasidan oldinoq taqdirning markaziga tushadi. Uning mavjudligi haqida bilganlar esa ikki qarama-qarshi yo‘l oldida qoladi: uni himoya qilish yoki yo‘q qilish.
Ammo bashorat atrofidagi kurash oddiy urushga aylanmaydi.
Qadimiy qurol, g‘alati kuchlar, yo‘qolgan sirlar va o‘tmishdan qaytgan dushmanlar orasida Yuko o‘zining asl kelib chiqishi va bu dunyodagi o‘rnini anglashga majbur bo‘ladi.
Ba'zan dunyoni qutqarish uchun qahramon kerak bo‘lmaydi.
Ba'zan esa dunyoni yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan insonning o‘zi najot bo‘lib chiqadi.
Bu — taqdir, urush, sirlar va insonning o‘z yo‘lini tanlashi haqidagi hikoya.
Savol faqat bitta:
Yuko dunyoni qutqaradimi… yoki So‘ng‘gi Iblisga aylanadimi?




