
Novella
•2026
Soya qilichi
0
17 yoshli Ren oddiy hayot kechiradi. Ammo bir kecha u odamlar ko‘ra olmaydigan g‘alati mavjudotlar — Soyalilarni ko‘ra boshlaydi. Ular tirik insonlarning qo‘rquvi va xotiralari bilan oziqlanadi.Ren oilasini himoya qilishga uringanida, qo‘liga hech qayerdan paydo bo‘lgan sirli qora qilich kelib tushadi. Qilich unga Soyalilar bilan jang qilish imkonini beradi, lekin har safar undan foydalanganda Ren o‘zining biror xotirasini yo‘qota boshlaydi.Keyinchalik u dunyoda insonlar ko‘rmaydigan Soya Olam mavjudligini va u yerda qadimiy jangchilar yashashini bilib oladi.Ammo eng katta sir shundaki, Renning qilichi oddiy qurol emas.U — ming yillar oldin yo‘qolgan Soya Shohining qilichi.Ren esa uning yangi egasi emas...uning qayta tug‘ilgan o‘zi bo‘lishi mumkin. ⚔️🌑




