
Manga
•2024
Bir zarbli odam
10
Saitama — bir qarashda oddiy va unchalik e'tiborga loyiq bo‘lmagan yigit. Lekin uning bir siri bor: u dunyodagi eng kuchli superqahramon!
Ermak uchun qahramonlik qilishni boshlagan Saitama shunchalik shafqatsiz va shiddatli mashg‘ulotlarni boshdan kechirdiki, natijada sochlaridan ayrildi, evaziga esa har qanday raqibni atigi BIR ZARB bilan taslim etish kuchiga ega bo‘ldi. Endi u har qanday dahshatli maxluq yoki yovuzni birgina zarb bilan yer tishlatadi.
Lekin bunday cheksiz qudrat kutilmagan muammoni keltirib chiqardi: u uchun janglar endi umuman qiziq emas. Qanchalik kuchli raqib chiqmasin, baribir bir zarbda yo‘q bo‘laveradi. Saitama endi o‘ziga munosib, unga haqiqiy hayajon bag‘ishlay oladigan raqibni orzu qilib yashaydi.
Aqlbovar qilmas janglar, o‘tkir yumor va superqahramonlar olamining kutilmagan burilishlariga boy afsonaviy manga!




