
Manga
•2023
Kagurabachi
10
O‘n sakkiz yil avval Seitei urushida mashhur qilichsoz Kunishige Rokuhira Yaponiyaning g‘alabasiga yordam bergan oltita sehrlangan katana yaratadi. Urushdan so‘ng u o‘g‘li Chihiro bilan tog‘larda tinch hayot kechirib, unga qilichsozlik sirlarini o‘rgata boshlaydi.
Ammo Chihironing 15 yoshga to‘lishi arafasida hammasi o‘zgaradi. Qudratli sehrgarlar Kunishigeni o‘ldirib, uning muqaddas qilichlarini o‘g‘irlab ketadi.
Oradan uch yil o‘tadi. Endi Chihiro qo‘lida otasi yashirincha yaratgan yettinchi sehrlangan qilich — Enten bilan otasining qotillaridan qasos olish va o‘g‘irlangan katanalarni qaytarish yo‘liga tushadi.
Qasos. Sehrlangan qilichlar. Va otasidan qolgan meros uchun boshlangan qonli jang.




